» » Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi 20 mlrd so‘mlik kredit liniyalarini ochish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi 20 mlrd so‘mlik kredit liniyalarini ochish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi


Davlat raqobat qo‘mitasi huzurida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasini tashkil etilishi kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlatiladigan moliyaviy dastaklar ko‘lamini yanada kengaytirdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

Jamg‘arma avval xususiylashtirilgan, lekin faoliyat ko‘rsatmayotgan yoki kam quvvat bilan ishlayotgan obyektlar negizida investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Turonbank” bilan umumiy qiymati 20 milliard so‘mni tashkil etgan kredit liniyalarini ochish to‘g‘risida bosh kelishuvni imzoladi.

Tijorat banklari loyihalarni amalga oshiradigan mijozlariga jamg‘arma resurslari hisobidan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan stavkada uch yilgacha muddatga kredit beradi.

Jamg‘arma tijorat banklariga kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblangan mijozlariga kredit berganda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan foizli xarajatlarni qoplashga subsidiyalar ham ajratadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют