» » Buxoroda qizga uylanishni va’da qilib, uning 25 million so‘m pulini aldab olgan va boshqa ayolga uylanib ketgan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda qizga uylanishni va’da qilib, uning 25 million so‘m pulini aldab olgan va boshqa ayolga uylanib ketgan firibgar qo‘lga olindi


Buxoro shahrida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, yakka tartibda ishlaydigan Bahriddin Hamroyev Jondor tumanida yashovchi N.Jumayevaning ishonchiga kirib uning pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Bahriddin Hamroyev N.Jumayevaga uzoq yillar davomida unga uylanishini, oila qurib birgalikda yashashni, Lacetti rusumli avtomashina xarid qilib nikoh to‘ylaridan so‘ng birgalikda avtomashinada yurishlarini aytib, sodda va ishonuvchan ayolning 25 million so‘m naqd pullarini qo‘lga kiritgan.

Ushbu pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgan Bahriddin Hamroyev N.Jumayeva bilan turmush qurmasdan, boshqa ayol bilan oila qurib, hozirga qadar N.Jumayevaning pullarini qaytarib bermasdan, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bahriddin Hamroyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют