» » Roxinja musulmonlariga qarshi kurash avj olgach Qirg‘iziston — Myanma o‘yini bekor qilindi

Roxinja musulmonlariga qarshi kurash avj olgach Qirg‘iziston — Myanma o‘yini bekor qilindi


Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidan joy olgan Qirg‘iziston — Myanma o‘yini bekor qilindi. “Championat.asia” nashrining Qirg‘iziston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib ma’lumot berishicha, bunga Myanmada istiqomat qiluvchi musulmonlarga qarshi kurash boshlangani sabab bo‘lgan.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov Myanmadagi og‘ir vaziyat, xavfsizlikni ta’minlash va dinlararo dushmanlik tufayli tartibsizliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shunday qarorga kelgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushgan ma’lumotlar tufayli bahsni bekor qildim. Vaziyat nazorat ostida.

Sapar Isakov, Qirg‘iziston bosh vaziri

Qirg‘iziston milliy terma jamoasi Myanmaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston termasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Myanmaga qarshi saralash uchrashuvi 5-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:00 da start olishi kerak edi.

Qirg‘iziston futbol federatsiyasi sport din, siyosat va zo‘ravonlikdan holi ekanini qayd etgan.

Myanmada islomga e’tiqod qiladigan roxinjalarning 2,5 mingdan ortiq uyi yoqib yuborildi

OAV: Myanmada jangarilar ibodatxonalarni yoqib, Budda haykallarini sindirmoqda

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют