» » O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari 5-sentabrdan tariflarni so‘mda belgilaydi. Narxlar oshmaydi

O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari 5-sentabrdan tariflarni so‘mda belgilaydi. Narxlar oshmaydi


O‘zbekiston mobil operatorlari va internet provayderlari 5-sentabrdan o‘z xizmatlarni so‘mda tariflashni boshlaydi. Bu haqda, telekommunitasiya kompaniyalaridagi manbalariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

So‘mga o‘tish O‘zbekiston Prezidentining 2-sentabrdagi “Pul-kredit siyosatini liberallashtirishning ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yuz bermoqda.

Ushbu qarorga muvofiq, endi O‘zbekistonda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar faqat milliy valyuta — so‘mda belgilanadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4-sentabr kuni aloqa operatorlar va internet-provayderlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda AQSh dollarida ko‘rsatilgan tariflarni qayta hisoblashda Markaziy bank tomonidan 29-avgust kuni o‘rnatilgan va 4-sentabr kuni haqiqiy hisoblangan qiymat — 4210,35 so‘m asos qilib olinishi haqida qaror qabul qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют