» » GM Uzbekistan va “O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘z xizmatlarining so‘mdagi joriy narxlarini “muzlatishi” kutilmoqda

GM Uzbekistan va “O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘z xizmatlarining so‘mdagi joriy narxlarini “muzlatishi” kutilmoqda


GM Uzbekistan avtomobilsozlik kompaniyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘z mahsulotlari va xizmatlari uchun narx va tariflarni haqiqiy ma’noda so‘mga o‘tkazishi, xorijiy valyutaga bog‘langan tariflarini so‘mda qayta hisoblashi haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi choralar haqidagi farmonni imzolagan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslardan erkin ravishda xalqaro valyuta sotib olish boshlanadi

Avvalroq, mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetkazib berilayotgan tovar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari 5-sentabrdan o‘z tariflarini so‘mga o‘tkazishi, tariflarga asos sifatida Markaziy bankning 29-avgustdagi kursi (4210,35 so‘m)ni olish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari 5-sentabrdan tariflarni so‘mda belgilaydi. Narxlar oshmaydi

“Gazeta.uz”ning o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, yaqin vaqt ichida narx va tariflari dollar yoki boshqa xorijiy valyutada belgilangan O‘zbekistondagi barcha kompaniyalar, xususan, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va GM Uzbekistan kompaniyasi ham telekom-shirkatlarnikiga o‘xshash qarorlarini e’lon qilishlari kutilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют