» » Koalitsiya Raqqaning eski shahri IShID tasarrufidan ozod etilganligi haqidagi xabarni tasdiqladi

Koalitsiya Raqqaning eski shahri IShID tasarrufidan ozod etilganligi haqidagi xabarni tasdiqladi


“Suriya demokratik kuchlari” (SDF) qurolli koalitsiyasi Raqqaning eski shahrini IShID jangarilari qo‘lidan ozod etdi. Bu haqda AQSh prezidentining xalqaro terrorizmga qarshi kurashish koalitsiyasi vakili Brett Makgerk ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“SDF so‘nggi 48 soat ichida Raqqaning uzoq vaqt davomida IShID tasarrufida bo‘lgan eski shahrini ozod etish ishlarini yakunladi va minglab fuqarolarni evakuatsiya qildi”, — deb yozdi Makgerk o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq AFP agentligi SDF’ning rasmiy vakili Talal Silloga asoslanib, AQSh ko‘magidagi kuchlar Raqqaning tarixiy markazini IShID jangarilaridan ozod qilgani, hozirda “Suriya demokratik kuchlari” IShIDning “bosh qo‘mondonlik punkti” yaqiniga joylashayotganini xabar qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют