» » Rossiya maxsus bo‘linmalarining Samaradagi mashg‘ulotlarida ilk bor “KamAZ” kapsulali zirhli avtomobillaridan foydalanildi

Rossiya maxsus bo‘linmalarining Samaradagi mashg‘ulotlarida ilk bor “KamAZ” kapsulali zirhli avtomobillaridan foydalanildi


Rossiyaning Markaziy harbiy okrug maxsus bo‘linmalari Samara viloyatida dushman orti va aholi punktida vazifalar bajarish bo‘yicha taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Okrug matbuot xizmatiga ko‘ra, ularda ilk bor “KamAZ-5350-379” kapsulali zirhli avtomobillaridan foydalanildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Mashg‘ulotlar Samara viloyatining Novaya Binaradka aholi punktida bo‘lib o‘tdi. Maxsus bo‘linma jangchilari bu yerga ‘Terminator’ vertolyotlarida maxsus arqonlar yordamida, parashyutsiz 50 metr balandlikdan kelib tushdi. Harbiy xizmatchilar bir necha soat davomida yashirin ravishda harakatlanib, noqonuniy qurolli tuzilma joylashgan manzilga yetib bordi. Mashqlar dushmanni aholi punktida qamalga olish va yo‘q qilish bilan yakunlandi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Mashg‘ulotlarga “Terminator” vertolyotlari, “Tigr” va “Gusar” zirhli avtomobillari, shuningdek, yaqinda qabul qilib olingan “KamAZ-5350-379” kapsulali zirhli avtomobili safarbar etildi. Mazkur mashina maxsus A3 po‘latidan yasalgan va himoyaning beshinchi darajasini ta’minlovchi zirhli oynalar bilan jihozlangan. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют