» » O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga murojaatnoma yo‘lladi

O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga murojaatnoma yo‘lladi


Yo‘l intizomni yoqtiradi. Intizomli haydovchilarning esa yo‘llari hamisha ravon bo‘ladi. Ammo afsuski, so‘nggi vaqtlarda ayrim haydovchilar, ayniqsa, yuk avtomobillari haydovchilari tomonidan dam olmasdan, ob-havo sharoitlarini inobatga olmasdan, yo‘l harakati xavfsizligi talablarini qo‘pol ravishda buzib, tungi vaqtda uzoq muddat transport vositasini boshqarish kabi mas’uliyatsizliklar og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarmoqda, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

2017-yil 24-avgust kuni soat 02:00 larda, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri hududida, I.A. ismli haydovchi “GAZ-53” rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan “ZIL MMZ-554” rusumli yuk avtomobilini orqa chap tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

2017-yil 25-avgust kuni soat 19:45 larda, Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududida R.Sh. ismli haydovchi shaxsiy Nexia rusumli avtomobilini boshqarayotib, shu yo‘nalish bo‘ylab oldinda orqaga qayrilmoqchi bo‘lib to‘xtab turgan buxorolik V.O. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomobilini orqa tomoniga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

2017-yil 27-avgust kuni soat 07:00 larda, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hududida, D.B. ismli haydovchi shaxsiy Isuzu rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, surxondaryolik haydovchi boshqarayotgan Nexia rusumli avtomobilini yo‘liga chiqib to‘qnashuv sodir etgan.

2017-yil 29-avgust kuni soat 03:30 larda, Samarqand viloyatida B.Sh. ismli haydovchi “KamAZ-5410” rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘rta qismiga o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, to‘xtagan vaqtida, shu yo‘nalish bo‘ylab orqasidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi o‘zining Damas rusumli avtomobili bilan ushbu yuk avtomobilini orqa tomoniga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Respublika hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yuqoridagi kabi turli baxtsiz holatlarning oldini olish maqsadida haydovchilardan yo‘lda harakatlanish qoidalariga to‘liq va qat’iy rioya qilishlarini so‘ramoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют