» » Jirinovskiy prezident saylovida ayol kishi ishtirok etishi haqidagi xabarlarni xushlamaganini tan oldi

Jirinovskiy prezident saylovida ayol kishi ishtirok etishi haqidagi xabarlarni xushlamaganini tan oldi


Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 2018-yil martida o‘tadigan prezident saylovida nomzodlardan biri ayol kishi bo‘lishi haqidagi xabarlarni xushlamaganini aytib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Ayrim radiokanallar orqali tepada kimdir prezidentga raqibni jinsiy belgi bo‘yicha qidirayotgani, balki ayol kishi tanlanishi mumkinligi haqidagi reportaj va xabarlarni o‘qish yoqimli emas. Go‘yoki qolgan nomzodlar nomunosib. Munosibini topishadi va u go‘yoki ayol bo‘ladi”, — dedi u matbuot anjumani chog‘ida.

Jirinovskiyning so‘zlariga qaraganda, bunday axboriy xurujlar yordamida prezident saylovini spektalga aylantirishmoqchi.

“Qari nomzodlar joningizga tegdimi?! Sizga yangi nomzodni beramiz, u ayol kishi bo‘ladi … Qolgan nomzodlar esa — statistlar”, — deb g‘azabini ifodaladi siyosatchi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют