» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma loyihasini imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma loyihasini imzoladi


4-sentabr kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qirg‘izistonlik hamkasbi Erlan Abdildayev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga 5-sentabr kuni boshlanadigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma loyihasi kelishilganligi to‘g‘risida imzo chekildi. Ushbu hujjat davlatlararo chegaralar umumiy uzunligining 80 foizini tashkil etuvchi 1170,53 km qismini aniqlaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют