» » 5-sentabrdan — 8100 so‘m! O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3889 so‘m 65 tiyinga oshdi

5-sentabrdan — 8100 so‘m! O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3889 so‘m 65 tiyinga oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi, 5-sentabrdan amal qiladigan qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari qiymati 8100 so‘m etib belgilangan. 29-avgustdagi kursga nisbatan dollar qiymati 3889 so‘m 65 tiyinga oshgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

Farmonga muvofiq, “yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash” valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e’lon qilingan edi.

Prezident farmoni bilan mamlakat hududida tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar faqat milliy valyutada ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari 5-sentabrdan o‘z tariflarini so‘mga o‘tkazishini, lekin narxlar oshmasligini e’lon qildi.

Ayni vaqtda, o‘z mahsulotlari va xizmatlari uchun narxlarni AQSh dollari va boshqa xorijiy valyutada ko‘rsatib kelgan GM Uzbekistan va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ham tariflarni to‘liq so‘mga o‘tkazishi, narxlarni “muzlatishi” haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, ta’lim uchun to‘lovni shu kungacha Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mda qabul qilib kelgan oliy ta’lim muassasalaridan Toshkentdagi Inha universiteti narxlar dollarning 29-avgustdagi rasmiy kursi bo‘yicha belgilanishi va o‘quv yili davomida o‘zgarmasligini e’lon qildi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti esa kontrakt asosida o‘qishga kirganlarga shartnoma tarqatishni vaqtincha to‘xtatgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют