» » Dollarning 8100 so‘mlik kursini e’lon qilganidan so‘ng Markaziy bank sayti faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Dollarning 8100 so‘mlik kursini e’lon qilganidan so‘ng Markaziy bank sayti faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda


O‘zbekiston Markaziy banki rasmiy sayti 4-sentabr kuni AQSh dollari va boshqa xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilganidan so‘ng, uzilishlar bilan ishlay boshladi.

Yangi kurs e’lon qilinganidag so‘ng, WWW.uz servisi ma’lumotlariga ko‘ra, saytga soat 20:00—21:00 oralig‘ida qariyb 4 ming kishi kirgan. Bungacha saytga 4-sentabr kuni soat 14:00 dan boshlab har soatda 2—2,5 ming atrofida foydalanuvchi kirayotgan edi.

Qayd etish joiz, odatiy kunlarda Markaziy bank rasmiy saytiga 2—3 ming foydalanuvchi tashrif buyuradi. Prezidentning 2-sentabrdagi valyuta siyosatini liberallashtirish haqidagi farmonidan keyin, 4-sentabr kuni saytga mazkur xabar tayyorlanayotgan vaqtda 17 ming kishi tashrif buyurgan edi.

Mavzuga doir: 5-sentabrdan — 8100 so‘m! O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3889 so‘m 65 tiyinga oshdi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют