» » Amerikalik erkak politsiyadan qochib, dengizda suzib ketayotganida akulaga duch keldi (video)

Amerikalik erkak politsiyadan qochib, dengizda suzib ketayotganida akulaga duch keldi (video)


AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Serf-siti shahrida politsiyadan dengizda suzib qochib ketishga uringan erkak akulaga duch keldi. Politsiya kvadrokopteri tomonidan olingan video YouTube’ga joylangan.

UPI’ning xabar qilishicha, politsiya 20 yoshli Zakari Kingsberi boshqaruvidagi mashinani to‘xtatgan va unda giyohvand modda topgan. Qo‘lga tushishdan qochib, yigit okeanga sakragan va qirg‘oqqa teskari tomonga suzib ketgan.

Kingsberini ta’qib qilish uchun politsiya kvadrokopter jo‘natilgan. U bir soat davomida qochoqni tasvirga olgan. Bu vaqt ichida yigit 1,2 kilometr suzgan. Havodan yigitning yo‘lida akula uchragani, biroq yigitga e’tibor qilmagani ko‘ringan.

Uch soatdan so‘ng Kingsberi shahar plyajlaridan birida qo‘lga olingan. Unga nisbatan avtomobilda topilgan giyohvand modda bilan bog‘liq ayblov e’lon qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют