» » Darslarni farrosh o‘tardi: Yunusoboddagi maktab o‘quvchilarining ota-onalari Prezidentga ochiq xat yozdi

Darslarni farrosh o‘tardi: Yunusoboddagi maktab o‘quvchilarining ota-onalari Prezidentga ochiq xat yozdi


Yunusobod tumanidagi 80-maktab o‘quvchilarining ota-onalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat yozdi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”.

Xatda aytilishicha, Toshkentdagi eng qadimiy maktablardan birida doimo yuqori malakali o‘qituvchilar ishlab kelgan. Ammo so‘nggi yil ichida ularning katta qismi ishdan ketish haqida ariza yozgan, darslarni esa bolalarga kutubxonachi va farrosh o‘tgan.

“O‘qituvchilarning ommaviy iste’fosi shunga olib keldiki, o‘qish yil o‘rtasida to‘xtab qoldi, — deb yozadi ota-onalar. — bolalarimiz dars paytini bo‘sh xonalarda yoki yemakxonalarda, hech qanaqa bilim olmasdan o‘tkazardi. Boshlang‘ich sinflarda esa darslarni yuqori sinf o‘quvchilari yoki farrosh, yo bo‘lmasa, bolalarini nazoratsiz qoldirish xavfsiz emasligi tufayli ular bilan o‘tirib turishga majbur bo‘lgan ota-onalar o‘tardi”.

Oxir-oqibat bolalar maktab hududini o‘zboshimchalik bilan tark etishni boshladi. O‘quvchilardan birini o‘qituvchilar va ota-onalar bir necha soat qidirib, o‘quv muassasasidan ancha uzoq joydan topgan.

“2017-yil 2-sentabr holatiga maktabimiz yangi o‘quv yiliga tayyor emasligi so‘nggi tomchi bo‘ldi. O‘quv yili boshigacha boshlang‘ich maktabning yana uch o‘qituvchisi ishdan bo‘shadi. Hech qanday o‘zgarishlar va istiqbollarni ko‘rmayotgan tajribali o‘qituvchilar ishdan bo‘shash haqida arizalarini tayyorlamoqda. Bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan ota-onalarga bolalarining hujjatlarini olib ketish taklif qilindi, oqibatda so‘nggi oyda 50 dan ortiq ota-ona farzandlarini boshqa maktablarga ko‘chirdi”, — deyiladi xatda.

Ota-onalar davlat rahbaridan voqealar rivojiga ta’sir o‘tkazish va maktabdagi vaziyat yuzasidan adolatli qaror qabul qilishni so‘radi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют