» » O‘qish yoki davolanish uchun xorijga chiqmoqchi bo‘lganlarga valyuta olishda hech qanday cheklov qo‘yilmaydi

O‘qish yoki davolanish uchun xorijga chiqmoqchi bo‘lganlarga valyuta olishda hech qanday cheklov qo‘yilmaydi


Chet elga o‘qishga yoki davolanishga bormoqchi bo‘lgan shaxslarga valyuta olishda hech qanday cheklov (limit) qo‘yilmaydi, bu haqda “Daryo”ning bank sohasidagi ishonchli manbasi xabar berdi.

 

Ya’ni bunday holatlarda, o‘qishga yoki davolanishga bormoqchi bo‘lgan shaxslar valyuta sotib olishda cheklovlarga duch kelmaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

Farmonga muvofiq, “yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash” valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e’lon qilingan edi.

Prezident farmoni bilan mamlakat hududida tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar faqat milliy valyutada ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari 5-sentabrdan o‘z tariflarini so‘mga o‘tkazishini, lekin narxlar oshmasligini e’lon qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют