» » Rozmetov kompaniyasi haqida muhim yangilik

Rozmetov kompaniyasi haqida muhim yangilik


Bugun Rozmetov oilaviy kompaniyaning asoschisi direktori Ziyovuddin Rozmetov bizning mehmonimiz bo‘ldi.

– Assalomu aleykum, Ziyovuddin aka. Bizga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur. Iste’molchilarimiz uchun muhim yangiligingiz bor ekanini bilamiz. Shu haqida so‘zlab bersangiz. 

– Assalomu alaykum. Iste’molchilarimiz uchun ajoyib yangiligimiz bor: iyul oyida Rozmetov kompaniyasi “Halol” xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi.

– Tabriklaymiz! Bu qanday sertifikat ekani haqida batafsil aytib bersangiz?

– “Halol” sertifikati – bu mustaqil tashkilot (“Halol” Xalqaro standartizatsiya va sertifikatsiya markazi) tomonidan xomashyo, qo‘shimchalar, qadoq turlari, ziravorlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ishlab chiqarish xonalari, foydalanilayotgan anjomlar, ish faoliyati (biznes) olib borilishi, xizmat ko‘rsatish va boshqalarning “Halol” talablariga javob berishini muvofiqlashtiruvchi hujjat sanaladi.

– Tekshiruv qay tariqa o‘tadi? Shu haqida batafsil to‘xtalsangiz. 

– Kompaniyamiz Standartizatsiya markaziga ariza topshirdi va mustaqil komissiya Toshkentga uchib keldi hamda kompaniyaning barcha ishlab chiqarish jarayonini sinchkovlik va diqqat bilan o‘rganib chiqdi. Biz markaz vakillari bilan ferma, qushxona va bevosita zavodda sinovlarni o‘tkazdik. Tekshiruv yakunida tayyor mahsulotning barcha namunalari DNK testini o‘tkazish uchun xorijiy laboratoriyaga topshirildi.

– Haqiqatdan ham jiddiy tekshiruv ekan. Sertifikat olingunga qadar barcha mahsulotlar “Halol” standartlariga muvofiq ishlab chiqarilganmi?

– Bu masala yuzasidan kompaniyaning tamoyillari u 1989-yilda tashkil etilganidan buyon qattiqqo‘lligicha saqlanib kelinadi. Oilamiz barcha an’analarni qadrlaydi, rioya qiladi va mahsulot an’analarga mos ekanligini tasdiqlaydi.

– Ajoyib. Ushbu voqelikdan keyin kompaniyaning kelajakdagi rejalari haqida nima deya olasiz?

– Kompaniya oldida yangi cho‘qqi va istiqbollar ochilmoqda. Sertifikat mahsulotlarimizni boshqa mamlakatlarga eksport qilish imkonini beradi, ammo biz o‘zimizning iste’molchilarni ham unutmaymiz. Biz bir joyda to‘xtab qolmaymiz – assortimentni doimo kengaytiramiz, sifat barqarorligi ustida ishlayiz va ko‘plab yangiliklarni tayyorlaymiz.

– Sabrsizlik bilan kutamiz. Ushbu yangilikni biz bilan baham ko‘rganingiz uchun tashakkur!

– Sizlarga rahmat! Shuningdek, Rozmetov kompaniyasi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni o‘tib ketgan bayramlar bilan tabriklab, eng ezgu niyatlarni tilab qolaman.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют