» » BMT Burundi rasmiylarini insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda aybladi

BMT Burundi rasmiylarini insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda aybladi


BMTning Burundidagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha komissiyasi mamlakat rasmiylari insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganini aniqladi. Kommissiya hisobotiga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari muxolifat vakillarini o‘ldirgan va qiynoqqa solgan, deya xabar beradi Meduza.

Burundi rasmiylari ushbu jinoyatlarni tekshirishga harakat qilayotgani yo‘q. BMT Xalqaro jinoiy sudni Afrikadagi mazkur davlat rahbariyatiga nisbatan ish qo‘zg‘ashga chaqirdi.

BMT Burundida 2015-yili siyosiy tanglik boshlanganidan beri 500 dan 2 ming kishigacha o‘ldirilgani, taxminan 400 ming kishi uyini tark etishga majbur bo‘lganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 2015-yil aprelida Burundi prezidenti Per Nkurunziza davlat rahbari lavozimiga qatorasiga uchinchi marotaba saylanish niyatini bildirgan, bu esa prezidentni konstitutsiyani buzishda ayblagan muxolifat noroziligiga sabab bo‘lgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют