» » IFA 2017: Candy “aqlli” kir yuvish mashinasi odamlar bilan bitta tilda gaplasha oladi

IFA 2017: Candy “aqlli” kir yuvish mashinasi odamlar bilan bitta tilda gaplasha oladi


Candy kompaniyasi har qanday erkak bilan “umumiy til topisha oladigan” Bianca kir yuvadigan mashinasini tadim etdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Candy kompaniyasi IFA 2017 da taqdim etgan kir yuvish mashinasi foydalanuvchini tinglaydi, so‘rovlarini bajaradi, shuningdek, unga javob qaytara oladi. Bunga Google Assistant yordamchisini yangi kir yuvish mashinasiga moslashtirgan Google kompaniyasi bilan hamkorlik natijasida erishildi.

Foydalanuvchi va kir yuvish mashinasi o‘rtasidagi “dialog” smartfon orqali amalga oshiriladi. Android hamda iOS operatsion tizimida ishlaydigan smartfonga Easy-Fix Candy dasturini yuklab olib, maishiy texnika bilan o‘zaro aloqasi ovozli yoki matnli so‘rovlar bilan o‘rnatiladi. Bianca ancha murakkab topshiriqlarni, jumladan, yuvilgan ko‘ylaklarni dazmol qilish uchun kerakli dasturni topa olish kabi topshiriqlarni bajara oladi.

Eng muhimi — Candy Biance bir soat ichida istalgan dasturda va har qanday matoni Zoom texnologiyasi asosida A klass darajasida yuvib beradi.

Hozircha kir yuvish mashinasi faqatgina ingliz va italyan tillarida gaplashadi. Mashinaning narxi 500 yevrodan sotila boshlanishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют