» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti va qirg‘iz xalqini yaqinda nishonlangan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi.

Xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz. Aynan mana shu munosabatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasida oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют