» » Xitoy rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratadi

Xitoy rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratadi


Xitoy rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar, ularning milliy kadrlarini o‘qitish uchun esa 40 ming o‘rin ajratadi. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin BRIKS yetakchilarining hamkorlikdagi faoliyat uchun taklif etilgan davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Bu mablag‘dan rivojlanayotgan davlatlarga qishloq xo‘jaligi, qochoqlar, iqlim o‘zgarishi, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarda yordam berish uchun foydalaniladi. Shuningdek, ularga yaqin yillarda Xitoyda kadrlarini o‘qitishi uchun 40 mingta o‘rin ajratamiz”, — ta’kidladi Si Szinpin.

Xitoy rahbari o‘z chiqishida yangi bozorlar va rivojlanayotgan davlatlar jahon iqtisodiyoti o‘sishiga asosiy hissa qo‘shganligini eslatib o‘tdi. 2016-yil yakunlari bo‘yicha bu o‘sish 80 foizni tashkil etdi.

Pekin o‘zi mezbonlik qilgan BRIKS sammiti tadbirlariga Misr, Meksika, Tojikiston, Gvineya va Tailand yetakchilarini taklif qildi. Shu tariqa sammitda tuzilma a’zo bo‘lmagan rekord miqdordagi davlatlar ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют