» » TIVda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining mintaqaviy bo‘limi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining mintaqaviy bo‘limi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2017-yilning 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining (IHOKB) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan BMTning muhim bir institutlaridan biri IHOKB o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husaynning may oyidagi Toshkent shahriga tashrifi va kelajakdagi hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar, jumladan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Uchrashuv chog‘ida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi maxsus ma’ruzachisi Axmed Shahidning sentabr oyi oxiriga belgilangan O‘zbekistonga tashrifining amaliy jihatlari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют