» » Putin jurnalist Kseniya Sobchak prezident saylovida ishtirok etishi mumkinligini aytdi

Putin jurnalist Kseniya Sobchak prezident saylovida ishtirok etishi mumkinligini aytdi


Har qanday nomzod 2018-yili o‘tadigan Rossiya prezidentligiga saylovda ishtirok etishi mumkin va taniqli jurnalist Kseniya Sobchak bundan mustasno emas. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RBK”.

“Men davlat rahbari sifatida Rossiya xalqi uchun kim yaxshiligini men belgilab bermayman”, — ta’kidladi Putin.

“Oxir-oqibat bu saylovda ma’lum bo‘ladi. Lekin amaldagi qonunga ko‘ra hamma, agar u qonun talablariga dosh bersa, nomzodini ko‘rsatishi mumkin, va Kseniya Sobchak bundan mustasno emas”, — qo‘shimcha qildi amaldagi davlat rahbari.

Putin Sobchak saylovda ishtirok etayotgani haqida birinchi marta eshitayotganini tan oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют