» » Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga ko‘p miqdorda harbiy texnika yetkazib berilishini ma’qulladi

Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga ko‘p miqdorda harbiy texnika yetkazib berilishini ma’qulladi


AQSh ma’muriyati Yaponiya va Janubiy Koreyaga katta partiyada yuqori texnologik qurol-yarog‘larning yetkazib berilishi ma’qulladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan ko‘proq yuqori texnologik harbiy texnika sotib olishga ruxsat beraman”, — deb yozdi Tramp.

4-sentabr kuni Vashington mazkur kelishuvning amalga oshishiga rozilik bergani ma’lum bo‘lgan edi. Kelishuv milliardlab dollarga baholanmoqda.

Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning raketalarining harbiy yukiga o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish taklifi ma’qullandi. KXDR tomonidan o‘tkazilayotgan raketa sinovlari tufayli mintaqada shunday choralar ko‘rilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют