» » IIBB Toshkentda besh mashinani urib qochgan Spark’ga qarshi qurol ishlatilganini tasdiqladi. Spark o‘g‘rilari qo‘lga olinganmi yoki yo‘q — noma’lum (video)

IIBB Toshkentda besh mashinani urib qochgan Spark’ga qarshi qurol ishlatilganini tasdiqladi. Spark o‘g‘rilari qo‘lga olinganmi yoki yo‘q — noma’lum (video)


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mustaqillik shoh ko‘chasi va Oqqo‘rg‘on (Darxon) ko‘chalari kesishmasida 5-sentabr kuni yuz bergan noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuzasidan bayonot berdi.

Mavzuga doir: Tirband chorraha, o‘q ovozlari, o‘g‘irlangan Spark. Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi (video)

Avvalroq Mustaqillik — Oqqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasida Spark rusumli avtomobil besh mashinani urib, o‘ziga yo‘l ochib, qochib ketgani, ichki ishlar idoralari xodimlari vaziyat guvohiga aylangani haqida xabar berilgan edi. Hodisa joyidan olingan videoda o‘q ovozlarini eshitish mumkin.

IIBB axborotida qayd etilishicha, 4-sentabr kuni taxminan 13:30 larda noma’lum shaxs Uchtepa tumanida qarovsiz qoldirilgan Spark avtomobilini olib qochgan. Holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan “transport vositasini olib qochish” alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, mazkur avtomashina fuqarolar, yo‘lovchilar va haydovchilarga zarar yetkazmasligi maqsadida quroldan foydalangan holda harakatlanishiga chek qo‘yilib, to‘xtatildi”, — deyiladi IIBB axborotida.

Avtomobil aynan qayerda to‘xtatilganiga, huquqbuzarlar qo‘lga olingan-olinmaganiga rasmiy axborotda aniqlik kiritilmagan. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan Spark orqa bamperi tushib ketgan va old shinalaridan biri pusaygan holda Botkin qabristoni yaqinida topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют