» » O‘zbekiston milliy termasi futbolchilari jurnalistlar oldiga chiqmadi. Ular stadionni “orqa eshik”dan tark etgan

O‘zbekiston milliy termasi futbolchilari jurnalistlar oldiga chiqmadi. Ular stadionni “orqa eshik”dan tark etgan


O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Janubiy Koreyaga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar bilan muloqot maydoni — mikst-zonadan o‘tmadi. Bu haqda o‘yin o‘tkazilgan “Bunyodkor” stadionida hozir bo‘lgan jurnalistlar ma’lum qildi.

“Jurnalistlar bir soatdan buyon O‘zbekiston termasi a’zolari, murabbiylar shtabini kutmoqda. Ular esa hali ham kiyinish xonasida, qamalib olgan”, — deb Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan “Offside.uz” nashri.

“Futbolchilar mikst-zonadan o‘tmadi. Ularni bir yarim soat kutgan jurnalistlar oldiga chiqmadi. ‘Orqa eshik’dan avtobus chiqib ketishyapti”, — deb yozgan Twitter’dagi taxallusi @Shef_uz bo‘lgan jurnalist.

Mavzuga doir: “Suriya yutqazmadimi? Vay, tugabdi-da hammasi!”. Noxush xabardan jonli efirdagi intervyu vaqtida xabar topgan Anzur Ismoilov (video)

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanini jurnalistlarning savollariga javob bermay tark etgani, jurnalistlar uni “Pozor!” (“Sharmanda!”) deb kuzatib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “Pozor, pozor!”. Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob bermay, matbuot anjumanini tark etdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5-sentabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvida 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston JCh—2018 yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqdi. Janubiy Koreya mundialda, Suriya pley-offda o‘ynaydi

Mazkur natija mundial yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish uchun kamlik qildi — parallel o‘tgan uchrashuvda Eron bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan Suriya O‘zbekistonni guruhda 4-o‘ringa tushirib yubordi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют