» » Lego kompaniyasining tushumi 13 yildan beri birinchi marta qisqardi

Lego kompaniyasining tushumi 13 yildan beri birinchi marta qisqardi


Daniyaning o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi Lego kompaniyasi 13 yildan beri birinchi marta sotuvlar hajmi qisqarganini bildirdi. Bu haqda Insider Pro xabar berdi.

Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra kompaniya daromadi 3,4 milliard kronani (544 million dollar) tashkil qildi. Bir yil oldin bu ko‘rsatkich 3,5 milliard kronaga teng bo‘lgan edi.

O‘z navbatida, tushum 5 foizga kamayib, 14,9 milliard kronani (2,39 milliard dollar) tashkil etdi. O‘tgan yili ko‘rsatkich 15,7 milliard kronaga teng bo‘lgan edi.

Tushumning qisqarishi 2004-yildan beri ilk marotaba kuzatilmoqda.

“Biz o‘z biznesimizni qayta ishga tushirish tugmalarini qidirmoqdamiz. Bu degani, kichikroq va soddaroq kompaniya tuzamiz, bu biznes-modelni osonlashtirish imkoniyatini beradi”, — ma’lum qildi kompaniya vakili.

Bu chora doirasida Lego yil oxiriga qadar 1,4 ming kishini, ya’ni xodimlarining 8 foizini qisqartiradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют