» » Qodirov doim Putin tomonida bo‘lishini aytdi

Qodirov doim Putin tomonida bo‘lishini aytdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hatto butun dunyo Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi chiqsa ham, u tomonda qolishini, chunki Rossiya yetakchisi adolat tarafida turganini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti” uning Telegram-kanaliga tayanib.

Avvalroq Qodirovning Myanmadagi vaziyat yuzasidan bayonoti qator OAVlar tomonidan u Moskvaning nuqtai nazarini noto‘g‘ri deb topsa, unga qarshi chiqishga tayyorligi sifatida noto‘g‘ri talqin qilingan edi.

“Kim mening gaplarimni eshitgan bo‘lsa, buni qanday aytganimni va nimani nazarda tutganimni biladi. Rossiya hech qachon mazlumlarga yordam berishga qaratilgan choralarga to‘sqinlik qilmasligiga ishonaman”, — deb yozdi Qodirov.

U Putin bilan 15 yildan buyon tanish ekanligini va uning aniq pozitsiyasini bilishini aytdi. “Men Putinning piyoda askariman. Hatto butun dunyo unga qarshi chiqsa ham, uning tomonida bo‘laman va uning sodiq piyoda askari bo‘lib qolaman. Menga adolatga erishish uchun ishonch bildirilgan! Va bu ishonch eng oqil va adolatli prezidentning ishonchi”, — deb yozdi Checheniston rahbari.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют