» » 6/30 qoidasi to‘yib uxlashingizga yordam beradi

6/30 qoidasi to‘yib uxlashingizga yordam beradi


Bu qoidani bajarish ko‘p kuch talab qilmaydi, lekin yaxshi samaralar beradi.

U quyidagilardan iborat:

Uyqugacha bo‘lgan 6 soat ichida kofein iste’mol qilmang va uyqugacha bo‘lgan yarim soat davomida esa gadjetlardan foydalanmang.

Olimlar uxlash oldidan, uxlashdan oldingi uch va olti soatgacha bo‘lgan vaqtlarda iste’mol qilingan kofeinning samarasini o‘rganib chiqdi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olti soat — bu eng qisqa muddat ekan. Lekin, hatto tajriba qilinganlarning ba’zilarida bardamliklarining oxirgi olti soati davomida kofein iste’mol qilmagan bo‘lsalar ham uyquning buzilishi kuzatilgan.

Kofeinning eng ko‘p miqdori albatta qahva tarkibida bo‘ladi. Aynan shu ichimlik bardamlashtiruvchi degan nom olgan. Shuning uchun uni yaxshisi ertalabdan yoki kunduzi ichgan ma’qul.

Shuningdek, choy tarkibida ham unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda kofein bor.  Shuning uchun ko‘k va qora choylarni uyqu oldidan ichish tavsiya qilinmaydi. O‘tli qaynatmalar esa sizning osoyishtaligingizni buzmaydi.

Smartfon, noutbuk yoki boshqa gadjetlar ekranlarining moviy rangi uyqu gormoni — melatoninning ishlab chiqarilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Yorqin nur organizmga uxlashga hali ertaligi haqida xabar yuboradi.

Buning ustiga uyqu oldidan dam olish kerak. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish, xatlarga javob berish yoki televizor tomosha qilish bilan siz o‘z miyangizni ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘ldirasiz. Sizni qandaydir xabar uyg‘otib yubormasligi uchun, telefoningizni parvoz rejimiga o‘tkazib qo‘ying.

Eng yaxshisi uxlashdan bir soat oldin hamma elektron moslamalardan voz kechish kerak. Lekin organizm uyquga ketishga tayyorlanishi uchun yarim soat vaqt ham bemalol yetarli bo‘ladi.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют