» » Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi chiqarildi

Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi chiqarildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini hamda “O‘zbekiston Respublikasi Вirinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish” chora-tadbirlari rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning merosiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari (9 ta markadan iborat) kichik varaq ko‘rinishida tayyorlandi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” xabar bermoqda.

Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va voqealar mujassamlashgan.

Pochta markalari turkumining chiqarilishi “Oq saroy” oldidagi Islom Abdug‘aniyevich Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga to‘g‘ri keltirilgan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Kichik varaq uchun 4 xil rangdagi sovg‘abop buklet tayyorlangan (klyasser).

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 165x145mm. Pochta markalarining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 7 ming nusxa. Foto – Kurbanbayev F., Dizayner — Kaneves Ye. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют