» » Britaniyalik erkak g‘ildirakli uyni soatiga 156 kilometr tezlikda haydadi

Britaniyalik erkak g‘ildirakli uyni soatiga 156 kilometr tezlikda haydadi


Britaniyalik Kevin Niks dunyodagi eng tezyurar g‘ildirakli uyni qurdi. Shimoliy Yorkshirdagi Elvington aerodromining parvoz yo‘lagida u g‘ildirakli uyini 155,8 kilometr/soat tezlikka qadar haydadi. Bu o‘zining oldingi rekordidan 13 kilometr/soatga tezroq demakdir. G‘ildirakli uyning harakati tasvirlangan video Barcroft Cars’ning YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi, deb xabar berdi “Motor”.

Avvaliga Niks mashinani soatiga 160 kilometrga qadar haydashni rejalashtirgan, biroq kuchli shamol va ob-havoning yomonligi unga xalaqit bergan.

Niksning g‘ildirakli uyi — 2,8 litrli V6 dvigateli o‘natilgan Volkswagen Passat bo‘lib, uning kuzovi metall karkaslar yordamida yog‘och uyga o‘zgartirilgan. Ushbu ikki tonnalik konstruksiya tezroq hakatlanishi uchun Kevin qisqa muddatga 275 ot kuchiga teng quvvatni beruvchi qo‘shimcha 200 kuchli azot oksidi tizimiga ega dvigatelni o‘rnatgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют