» » Yuz uchun krem: kuzgi parvarish

Yuz uchun krem: kuzgi parvarish


Hamma qizlar ham o‘zining terisi talab qiladigan darajada yuzlarini parvarish qilavermaydi. Ko‘pincha tokchada bor-yo‘g‘i bittagina namlovchi krem yotadi, u ham bo‘lsa tunda suriladigan. Bunday parvarishlash sizning teringizni benuqson qilishga yordam bera olmaydi va u o‘z tarangligini va chiroyini yo‘qota boshlaydi.

Yaxshi oziqlantiruvchi kremni tanlash bir qarashda oson ko‘rinadi, lekin bu juda qiyin ish. Uning quyidagi xususiyatlariga diqqat qilish kerak:

“Buning nimasi qiyin?” – deb so‘rashingiz mumkin. Qaysi yoshdagilar uchun, qachon foydalanish, terining qaysi xili uchunligi haqiqatan ham tushunarli.

Lekin, qaysi krem qishga, qaysi biri kuz fasli uchun mo‘ljallanganini qanday bilish mumkin?

Buni qisqacha shunday tushuntirish mumkin: qishda – namlash, yozda – ultra-binafsha nurlaridan himoyalash, bahorda – vitaminlar bilan ta’minlash, kuzda esa – ozuqa berish.

Nima uchun kuzda yuz uchun aynan oziqlantiruvchi krem kerak?

Yozdan kuzga, issiqdan sovuqqa o‘tish – bu organizm uchun stress hisoblanadi. Teri quruq va xira bo‘lib qoladi. Organizm zaiflashadi, buning ustiga gormonal o‘zgarishlar yuz beradi.

Yuz uchun kuzgi oziqlantiruvchi krem darrov singib ketmasligi kerak. U yuzda terini himoya qiluvchi yupqa qatlam hosil qiladi. Shu tarzda teri o‘zining yumshoqligi, tarangligi va rangini saqlab qoladi.

Yuz uchun tungi oziqlantiruvchi krem bir soatga suriladi, keyin uning qoldig‘i yuzdan salfetka yordamida artib olinadi. Kuz va qish fasllarida esa oziqlantiruvchi kremni ertalab ham surish mumkin – u tashqarida sovuqdan himoya qiladi.

Manba: “Woman.ru”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют