» » Kolumbiyadagi eng qudratli narkokartel rasmiylarga taslim bo‘lishini bildirdi

Kolumbiyadagi eng qudratli narkokartel rasmiylarga taslim bo‘lishini bildirdi


Kolumbiyadagi eng qudratli Clan del Golfo narkokarteli a’zolari mamlakat huquq-tartibot idoralariga taslim bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos ma’lum qildi, deya xabar beradi Colombiano nashri.

“3-sentabr, yakshanba kuni pochta orqali guruh yetakchisidan taslim bo‘lish istagi bildirilgan maktub oldik. Dairo Antonio Usuga kartelning barcha a’zolari sudlov oldida javob berishga tayyorligini ma’lum qilgan. Adliya vazirligi va prokuraturaga vaziyatni baholashni topshirdim”, — ta’kidladi Xuan Manuel Santos.

Santosga ko‘ra, mazkur narkokartel a’zolari soni bo‘yicha mamlakatdagi ikkinchi jinoiy tashkilot bo‘lgan. Birinchisi esa oldinroq rasmiylar bilan sulh tuzgan Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari sanalar edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют