» » Fotogalereya: “Taxtlar o‘yini” seriali davomida o‘zgartirilgan qahramonlar

Fotogalereya: “Taxtlar o‘yini” seriali davomida o‘zgartirilgan qahramonlar


AdMe “Taxtlar o‘yini” serialining mashhur qahramonlari tomoshabinlarga sezdirmasdan o‘zgartirib qo‘yilganligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Serialning uchinchi mavsumida Deyenerisning jazmani rolini britaniyalik aktyor Ed Skreyn ijro etgan bo‘lsa, to‘rtinchi mavsumdan boshlab uning qahramonini gollandiyalik aktyor Mixil Xeysman jonlantirgan.

Avstraliyalik aktyor Devid Maykl Skott birinchi mavsum sahnasida Berik rolini ijro etgan. Uchinchi mavsumdan boshlab esa uning rolini Richard Dormer egallagan.

To‘rtinchi mavsumning oxirida Uch ko‘zli qarg‘a rolini Struan Rojer ijro etgan bo‘lsa, beshinchi mavsumda ushbu rolni “Oskor” nomzodi Maks Von Syudov egallagan.

Serseya Lannisterning o‘g‘lini daslabki ikki mavsumda Kallum Uorri jonlantirgan bo‘lsa, 4—5 mavsumlarda Din-Charlz Chepmen ijro etgan.

Oltinchi mavsumda Dikon rolini Freddi Stroma o‘ynagan, keyinchalik aktyor boshqa filmda suratga tushishga o‘tib ketganligi sabab ushbu qahramonni Tom Xopper jonlantirgan.

To‘rtinchi va beshinchi mavsumlarda Zulmat qiroli rolini Richerd Breyk ijro etgan bo‘lsa, oltinchi mavsumdan boshlab uning o‘rnini Vladimir Fudrik egallagan.

Avvaliga, birinchi va ikkinchi mavsumlarda Mirsella rolini irlandiyalik aktrisa Emi Richardson jonlantirgan. Shundan so‘ng beshinchi mavsumga qadar ekranda ko‘rinmagan Mirsella rolini Nell Tayger Fri ijro etgan.

Serial davomida Tog‘ rolini uchta aktyor ijro etgan. Ushbu rolni birinchi mavsumda avstraliyalik aktyor Konan Stivens, ikkinchi mavsumda kaskadyor Ien Uayt jonlantirgan bo‘lsa, to‘rtinchi mavsumdan boshlab esa Xaftor Bernsson o‘ynab kelmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют