» » Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr kuni Bishkekdan O‘zbekistonga jo‘nab ketgan. Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi 5-sentabr kuni boshlangan edi.

Xususan, Bishkek shahridagi Ala-Archa qarorgohida bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilingan edi.

Ikki davlat rahbarlari avvalgi muloqotlarida mintaqada samarali transport yo‘llarini rivojlantirish, Qirg‘iziston hududi orqali Xitoy bilan bog‘laydigan qisqa masofali temir yo‘l barpo etish bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi. Bu galgi uchrashuvlarda uning huquqiy asoslarini yaratishni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomani imzoladi.

Andijon va O‘sh, Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida, Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida, Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017—2019 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa muhim hujjatlar imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют