» » IShID jangarilari Dayr az-Zavr qamalini tiklashga urinib ko‘rdi

IShID jangarilari Dayr az-Zavr qamalini tiklashga urinib ko‘rdi


IShID terrorchilari Suriyaning Dayr az-Zavr shahrida turgan hukumat garnizonini qaytadan qamalga olishga urindi. Bu haqda, mahalliy manbalarga tayangan holda, “Interfaks” xabar bermoqda.

Jumladan, 6-sentabrga o‘tar kechasi jangarilar harbiylar tomonidan shaharga ochilgan koridorga bir necha hujum uyushtirdi. To‘qnashuvlardan so‘ng jangarilar koridorni yo‘q qila olmadi va chekinishga majbur bo‘ldi. Endi harbiylar shu hududdagi marralarini mustahkamlab, koridorni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Ilgariroq Suriya hukumat qo‘shinlari 28 oy davom etgan qamalni yorib o‘tgani, xalq bu voqeani nishonlash uchun ko‘chalarga chiqqani ma’lum qilingan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют