» » Qanday qilib yangi ish joyiga moslashish va yaxshi taassurot qoldirish mumkin?

Qanday qilib yangi ish joyiga moslashish va yaxshi taassurot qoldirish mumkin?


Yangi lavozimda ishlashning birinchi kunlarida qanday qilib o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatish haqida ba’zi foydali maslahatlar bilan tanishtirmoqchimiz.

Hatto katta tajribaga ega bo‘lsa ham yangi kelgan odamning katta xatosi — qandaydir muhim masalada haddan tashqari tez qaror qabul qilish. Boshida sizga kelayotgan hamma ma’lumotlarni o‘zlashtirishingiz  va barcha tafsilotlariga diqqat bilan munosabatda bo‘lishingiz kerak.

O‘z rahbaringiz bilan gaplashing. Xodimlar uchun yozilgan qo‘llanmada bo‘lmaydigan ba’zi masalalarni muhokama qiling. Masalan, quyidagilar:

Yangi hamkasblaringizdan kompaniyada ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida surishtiring:

Hamkasblaringiz xatti-harakatlarini kuzatib boring. Ular ishdan chalg‘ituvchi mavzularda gaplashishadimi? Tushlikni tashqarida qilishadimi yoki umumiy oshxonada ovqatlanishadimi? Ularning o‘zaro munosabatlari qanday?  Shunda siz yangi doiradagi tanishlaringizga tezroq moslashasiz.

Aytaylik, ishning birinchi kunlari siz qaysidir vazifalarni bajara olmasligingizni birdan tushunib yetdingiz. U holda rahbaringiz bilan gaplashishga harakat qilib ko‘ring. Unga o‘zaro kelishuv taklif qiling: o‘sha vazifalar o‘rniga o‘zingiz juda yaxshi biladigan masalalarni bajarish. Ba’zan rahbariyatning ruxsati bilan hamkasblar bilan vazifalarni almashtirish mumkin.

Agar sizning ishga doir qandaydir zo‘r g‘oyangiz bo‘lsa uni darrov hayotga tatbiq qilish shart emas. Avval rahbaringiz bilan maslahatlashing va uning fikrini e’tiborga oling.

Ishni endi boshlashingiz bilan yulduzlardan ham balandroqni ko‘zlamang. O‘zlashtirib olganingizdan keyin esa katta maqsadlar tomon intilsangiz bo‘ladi. Yangi g‘oyalarni yaxshisi rahbaringizga, sizni bironta sabab bilan maqtagandan so‘ng taklif qilganingiz ma’qul.

Manba: Men’s Health

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют