» » O‘zbekiston banklardagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari 22:00 gacha ishlaydi. Mehmonxonalarda esa — tunu-kun 24 soat

O‘zbekiston banklardagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari 22:00 gacha ishlaydi. Mehmonxonalarda esa — tunu-kun 24 soat


O‘zbekistondagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarining faoliyati 6-sentabr, chorshanba kunidan boshlab soat 9:00 dan 22:00 gacha uzaytirildi. UZ24’ning xabar berishicha, belgilangan vaqt davomida ayirboshlash shoxobchasi tushlik tanaffusi uchun yopilmaydi.

Mehmonxonalar, aeroportlar va temiryo‘l vokzallarida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari esa tunu-kun — 24 soat, tanaffussiz ishlaydi.

O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari valyuta ayirboshlash shoxobchalarida valyutani erkin sotish va tijorat banklarining konversion bo‘limlarida xalqaro to‘lov kartasiga tushirish yo‘li bilan valyuta sotib olishi mumkin bo‘ldi.

Shuningdek, 5-sentabrdan Markaziy bank tomonidan AQSh dollarining so‘mga nisbatan erkin konvertatsiya qilinadigan kursi o‘rnatildi. U 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘mga teng.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 22:27)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют