» » Birinchi Prezidentni inglizchada xotirlagan yoshlarning insholari butun dunyoda o‘qiladi

Birinchi Prezidentni inglizchada xotirlagan yoshlarning insholari butun dunyoda o‘qiladi


7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tilidagi My First President insholar to‘plamining taqdimoti o‘tkaziladi. Bu haqda “Fledu.uz” sayti ma’lum qildi.

Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan tanlovda oliy, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarining talabalari, maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tanlov komissiyasi tomonidan ingliz tilidagi 500 dan ortiq insholar ko‘rib chiqilib, ularning 36 tasi to‘plamga kiritildi. Mana shu to‘plam taqdimoti keng miqyosda o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua, Islom Karimov respublika xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-uslubiy elektron jurnal va portal ushbu tadbirning tashkilotchilari bo‘ladi.

Tadbir doirasida Birinchi Prezident hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil qilinadi. Tadbir ishtirokchilariga “Birinchi Prezident va yoshlar” deb nomlangan rolik ham namoyish etiladi.

Tadbir yakunida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, ularga maxsus diplomlar va sovg‘alar topshiriladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, tegishli vazirlik va muassasalarning rahbarlari, talaba yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 22:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют