» » Myanmaning Rakxayn viloyatida o‘ldirilganlar soni 400 kishidan oshdi

Myanmaning Rakxayn viloyatida o‘ldirilganlar soni 400 kishidan oshdi


Myanmaning Rakxayn viloyatida o‘ldirilganlar soni 414 kishiga yetdi. Bu ma’lumotni respublika hukumatining axborot siyosati qo‘mitasi tarqatdi, deb xabar beradi “TASS”.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi — 371 kishi “Arakan roxinjalarni qutqarish armiyasi” harakati jangarilaridir. Myanmada ushbu harakat terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan.

Qurolli kuchlarning yo‘qotishlari 15 kishini tashkil qildi, yana 28 kishi tinch fuqarolardir.

Ushbu ma’lumotlar 25-avgustdan 5-sentabr oralig‘idagi vaqtga oidligi aniqlashtirilmoqda.

Shu bilan birga, jahon hamjamiyati Rakxayn mahalliy roxinja musulmonlari qirg‘ini davom etayotganini, o‘ldirilganlarning ko‘pchiligi roxinja vakillari bo‘lmish tinch fuqarolar ekanligini ta’kidlamoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют