» » “AQShdagi eng jirkanch odam” 2 mln dollarga sotib olingan Wu Tang Clan albomini sotmoqda

“AQShdagi eng jirkanch odam” 2 mln dollarga sotib olingan Wu Tang Clan albomini sotmoqda


“AQShdagi eng jirkanch odam” deb atalayotgan tadbirkor Martin Shkreli 2 million dollarga sotib olingan Wu Tang Clan albomini sotmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Shkreli Once Upon a Time in Shaolin yozilgan CD’ni eBay saytida sotuvga qo‘ydi. Bu tadbirkor qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlikda aybdor deb topilganidan so‘ng bir oy o‘tgach, yuz berdi.

Boshlang‘ich narx 1 dollarni tashkil etdi. Bir soat ichida 100 ta taklif kelib tushdi, narx esa 55 ming dollargacha o‘sdi. Ayni paytda albomga taxminan 75 ming dollar taklif qilishmoqda.

Shkreli auksiondan tushgan pulning yarmini “tibbiy tadqiqot”ga berishni va’da qildi. Tadbirkor ta’kidlashicha, u diskni pul uchun sotayotgani yo‘q.

Tadbirkor “AQShdagi eng jirkanch odam” sifatida mashhur. 2015-yilda u “Daraprim” dorisi huquqini sotib oldi va bitta hapdori narxini 13,50 dollardan 750 dollargacha ko‘tardi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют