» » Xitoylik milliarder besh yulduzli mehmonxonani chuqur konga joylashtirdi

Xitoylik milliarder besh yulduzli mehmonxonani chuqur konga joylashtirdi


2018-yilda Shanxay markazidan 40 km masofada Shimao Wonderland Intercontinental — ekstremal sport turlariga ixtisoslashgan mavzuli bog‘ ochiladi, deb yozadi Forbes.

Qurilish ishlarini xitoylik milliarder Syuy Junmaoning Shimao yirik developerlik kompaniyasi olib bormoqda. Mavzuli bog‘ tarkibida yer osti va qisman suv osti mehmonxonasi ishga tushadi, bu yerda bitta xona narxi 300 dollardan oshadi.

Mehmonxona 2010-yilda ochilishi kerak edi, ammo loyiha juda murakkab bo‘lib chiqdi. Muhandislar va quruvchilar kon tubidan suvni tortib chiqarishi, so‘ng sun’iy ko‘l yaratishi kerak edi. Bunyodkorlik ishlari 2013-yilda boshlandi.

Hozir konstruksiyaning asosiy qismi tayyor bo‘lgan, 19 qavatli binoning ikkita yuqori qavati yer ustidan ko‘tarildi ham. 2017-yil oxirigacha mehmonxonani qurib bitkazish rejalashtirilmoqda, 2018-yilda esa u Intercontinental boshqaruvi ostida ishlashni boshlaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют