» » Har 3 oyda 5000 dollargacha valyuta olish imkoniyatiga ega bo‘lish haqidagi xabarlar tasdqilanmadi. Valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlarga hech qanday cheklov yo‘q

Har 3 oyda 5000 dollargacha valyuta olish imkoniyatiga ega bo‘lish haqidagi xabarlar tasdqilanmadi. Valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlarga hech qanday cheklov yo‘q


Avvalroq, valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlar har uch oyda 5000 dollargacha mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Ammo bu xabarlar to‘laligicha o‘z tasdig‘ini topmadi. “Daryo” tahririyati bu borada Markaziy bank axborot xizmati bilan bog‘landi.

Ma’lum qilinishicha, jismoniy shaxslar konversion kartaga istalgan miqdorda valyuta sotib olish imkoniyatiga ega. Konversion kartaga valyuta sotib olishda hech qanday cheklov mavjud emas.

Shuningdek, o‘qish yoki ish joyidan olingan plastik kartochkadagi mablag‘ni valyutaga aylantirmoqchi bo‘lganlar uchun ham shunday yo‘l tutiladi. Ya’ni bu holatda, mijoz bankka murojaat qiladi va unga konversion karta ochiladi.
Shu tariqa, mijoz plastik kartochkasidagi mablag‘ni konversion kartaga valyuta ko‘rinishida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘qish yoki davolanish uchun xorijga chiqmoqchi bo‘lganlarga valyuta olishda hech qanday cheklov qo‘yilmaydi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют