» » AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning aktivlarini muzlatib qo‘yishni taklif etdi

AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning aktivlarini muzlatib qo‘yishni taklif etdi


AQSh Shimoliy Koreyaga neft yetkazib berishga embargo joriy etish va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning aktivlarini muzlatib qo‘yishni taklif etdi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi loyihasiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya tekstil eksportiga to‘sqinlik qilish va KXDR fuqarolari xorijda ishga yollanishiga taqiq o‘rnatishni ham taklif etmoqda.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Vashington mazkur hujjatni 11-sentabr, dushanba kuni ovozga qo‘yish niyatida ekani ma’lum qildi. Biroq Rossiyaning xalqaro tashkilotdagi vakili Vasiliy Nebenzya Xavfsizlik kengashi hafta davomida kelishuvga erishishi va rezolyutsiyani qabul qilishiga shubha bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют