» » Qirg‘iziston parlamenti sobiq spikerining prezidentlikka saylanishiga ruxsat berishmadi

Qirg‘iziston parlamenti sobiq spikerining prezidentlikka saylanishiga ruxsat berishmadi


Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhi a’zolari mamlakat parlamentining sobiq spikeri Ahmadbek Keldibekovning prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxat o‘tishi uchun ruxsat bermadi, deb yozadi KNews. Bunga siyosatchining sudlanganligi olib tashlanmagani sababchi bo‘lgan.

Keldibekovning so‘zlariga ko‘ra, u Konstitutsiyadagi barcha talablarni bajargan: davlat tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirgan, 1 million so‘mlik (qirg‘iz so‘mi) saylov to‘lovini to‘lagan va 54 ming kishining imzosini yig‘gan. Siyosatchi ta’kidlashicha, Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhi a’zolari imzo varaqalarining ishonchliligini ham tekshirib o‘tirmagan va MSK a’zolariga uni ro‘yxatga olishdan bosh tortishni tavsiya qilgan, bunga esa sobiq parlament a’zosi sudlanganligining olib tashlanmaganligini pesh qilishdi.

Keldibekov jarima to‘lagani, ozodlikdan mahrum etilmagani va og‘ir modda bo‘yicha sudlanmagani uchun, uning sudlanganligi olib tashlanganini ta’kidladi. U arizasi MSK tomonidan qonuniy tarzda ko‘rib chiqilmagunicha, u bilan sudlashishini aytdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют