» » Moldova harbiylari prezident taqiqlaganiga qaramay, NATO o‘quv mashg‘ulotlariga keldi

Moldova harbiylari prezident taqiqlaganiga qaramay, NATO o‘quv mashg‘ulotlariga keldi


Moldova armiyasining 57 nafar harbiy xizmatchisidan iborat kontingent NATOning 7—23-sentabr kunlari Ukrainada bo‘lib o‘tadigan Rapid Trident— 2017 harbiy mashg‘ulotlariga yetib keldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Moldova kontingenti komandiri podpolkovnik Aleksandr Markuts aytishicha, harbiy xizmatchilarning o‘quv mashqlarida qatnashishidan maqsadi — birgalikda harakat qilishni rivojlantirish, mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, Moldova armiyasi imijini xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishdan iborat.

Moldova prezidenti Igor Dodon mamlakat harbiy xizmatchilarining NATO xalqaro mashg‘ulotlarida qatnashishini taqiqlab qo‘ygan, buni Moldova konstitutsiya bo‘yicha betaraf davlat ekanligi bilan izohlagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют