» » “Bizga bunday xat kelmagan”. O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishiga kirish imtihonlari natijalari bekor qilingani haqidagi xat — soxta

“Bizga bunday xat kelmagan”. O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishiga kirish imtihonlari natijalari bekor qilingani haqidagi xat — soxta


Telegram messenjerida O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Mirabbos Inoyatov imzosi bilan O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU)ning Sotsiologiya yo‘nalishiga 1-avgust kuni o‘tkazilgan kirish test imtihonlari natijalarini bekor qilish haqidagi haqiqiyligi shubha ostida bo‘lgan xat surati tarqaldi.

Suratda xatning chiqarilgan sanasi va tartib raqamini ko‘rish mumkin. Unda, jumladan, Sotsiologiya yo‘nalishiga “tanlangan” abituriyentlar o‘qishga kirgani bilan bog‘liq dalillar borligi munosabati bilan, 1-avgustdagi test imtihonlari natijalarini bekor qilish, 3-oktabr kuni qayta imtihon o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgan.

O‘zMU rektorati devonxonasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, chiqish sanasi va tartib raqami suratdagi “hujjat”niki bilan bir xil bo‘lgan xat kelib tushmagan. “O‘zMUga kelib tushadigan barcha xat-hujjatlar devonxona orqali o‘tadi. Biz vazirlikdan belgilari va mazmuni Telegram’dagi surat kabi bo‘lgan xat olmaganmiz”, — dedi devonxona xodimi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ham Telegram’da aylanib yurgan xatning haqiqiyligini rad etdi. “U noto‘g‘ri, bo‘lmagan narsa. Shunday soxta narsa yasab, kimdir ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborgan”, — dedi vazirlik vakili.

Davlat test markazi vakillari ham O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishida 1-avgustdagi kirish test imtihonlari natijalari bekor qilinib, 3-oktabr kuni takroriy imtihon o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

Mazkur holat bo‘yicha “Daryo” bilan bog‘langan mas’ullardan birining ta’kidlashicha, soxta xatga imzosi qo‘yilgan vazir o‘rinbosari Mirabbos Inoyatov shu kunlarda Navoiy viloyatida va unda Davlat test markazi hamda oliy ta’lim muassasalariga bunday ko‘rsatma berish vakolati yo‘q.

Avvalroq O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishiga kirish test imtihonlari vaqtida “shubhali tasodiflar” ro‘y bergani — “maxsus guruhlar” ishlagani va “tanlangan abituriyentlar” o‘qishga kirgani haqida xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zMUda ham TDIU kirish imtihonlaridagi kabi shubhali “tasodifiy holat” aniqlandi

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov mazkur xabarlarga tezkor javob qaytarib, universitet rahbariyati bunday holatlarga qarshi faol kurashgani, biroq “ko‘chadagi sanoat” kuchli ekanini ta’kidlagan edi. Shuningdek, rektor shubhaga tushgan talabalarga nisbatan talab kuchaytirilishiga va’da bergan edi.

Mavzuga doir: “DTM natijalarini bekor qilolmaymiz, lekin shubhaga tushganlarga nisbatan talabni kuchaytiramiz”. O‘zMU rektori test imtihonlarida yuz bergan shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirdi

O‘zMUdagi “shubhali tasodiflar” boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (“Narxoz”), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (“SAMPI”) va Toshkent moliya institutida ham qayd etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют