» » Yo‘l harakati qoidalarini buzgan diplomatik korpus vakillari uchun jarimani to‘lash shakllari kengaytirilishi kutilmoqda

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan diplomatik korpus vakillari uchun jarimani to‘lash shakllari kengaytirilishi kutilmoqda


Xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlari ishtirokida YHQni buzish holatlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish maqsadida qo‘shma qaror loyihasi tayyorlanmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarini yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish chora-tadbirlari sohasida xorijiy tajribani o‘rganish asosida 2012-yil 12-martda O‘zbekiston Respublikasi TIV, IIV va Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma Qarorga tegishli Yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qo‘shma qaror loyihasini tayyorlamoqda.

Amaldagi xujjatni mamlakatda joriy etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan video-yozuv tizimi bilan bog‘liq me’yorlar bilan to‘ldirish ko‘zlanmoqda.

Yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek jazoning muqarrarligi tamoyilidan kelib chiqqan holda sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bundan tashqari, diplomatik korpus vakillariga qulayliklar yaratish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani to‘lash shakllarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют