» » Toshkent shahar notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bevosita rahbarligiga o‘tkaziladi

Toshkent shahar notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bevosita rahbarligiga o‘tkaziladi


Kuni kecha Adliya vazirligida notariuslar hamjamiyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda respublikaning barcha hududlaridan kelgan notariuslar va adliya organlarining mutasaddi rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi Bu haqda Facebook’ ijtimoy tarmog‘idagi “Adliya bilan muloqot” guruhida xabar berildi.

Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda bugungi kunda notarial idoralar faoliyatida yig‘ilib qolgan muammolar atroflicha tahlil qilindi, ularni bartaraf etish mexanizmlari va takliflari o‘rtaga tashlandi. Xususan, notarial idoralarda navbatlarning ortib borayotganligi, notariuslar va idora xodimlarining fuqarolar bilan muomala madaniyati, davlat bojlarini hisoblashda yagona amaliyotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, notarial harakatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha hujjatlarning talab qilinayotganligi va boshqa shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv natijasida quyidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi:

Birinchidan, respublikaning 21 foiz notariuslari va 23,2 foiz notariat xizmatlari Toshkent shahar notarial idoralari salmog‘iga to‘g‘ri kelishini e’tiborga olib, poytaxtdagi notarial idoralar faoliyati shahar adliya boshqarmasidan bevosita Adliya vazirligi bo‘ysunuvi va boshqaruviga o‘tkazildi va vazirlik tomonidan alohida nazorat qilib borilishi belgilandi.

Notarial idoralar joylashuviga qarab, tegishli sektorlarga bo‘linib, har bir sektor bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tomonidan nazorat ishlari olib boriladi va muammolar “Yo‘l xaritalari asosida” bartaraf etilishi ta’minlab boriladi.

Bu jarayonda samarali jahon andozalaridan kelib chiqib jamoat nazorati mexanizmlari keng qo‘llanilishi ko‘zda tutildi. Shu maqsadda, Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Adliya bilan muloqot” guruhini ham yaratib, aholining bu sohadagi murojaatlari, takliflari va e’tirozlari bo‘yicha ishlashning yangicha tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, poytaxt notarial idoralari negizida “Eng ilg‘or tajriba” loyihasi amalga oshirilishiga kelishib olindi. Ushbu loyihaga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, yagona notarial amaliyotning joriy etish, notarial xizmatlar va mijoz uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlardan foydalanish imkoni to‘liq yaratish, xodimlar tomonidan malakali va sifatli huquqiy tushuntirishlar berishni ko‘zda tutadi.

Ikkinchidan, sohaga yuqori darajadagi bilim, yuksak ma’naviyatli va madaniyatli mutaxassislarni jalb qilish maqsadida notarius lavozimini egallash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlarni mutlaqo yangicha yondashuv va talablar asosida o‘tkazish tartibi joriy etildi. Endilikda tanlovlar shaffof va ochiq tarzda, bevosita internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish orqali hamda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘tkazilishi belgilab olindi.

Xususan, kuni kecha bunday formatda birinchi marotaba tanlov o‘tkazildi va uning jarayoni vazirlikning rasmiy sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etib borildi. Tanlov o‘tkazish standartlari va talabgorlarga kuchli talablar qo‘yilganligi natijasida 25 nafar talabgorlardan faqat 4 tasigina tanlovda g‘olib deb topildi.

Uchinchidan, notarius kasbi vakillari bugungi kun talabiga, eng avvalo xalqning ishonchini qozonishda, sifatli notarial xizmatlari ko‘rsatishda mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan sohaning barcha xodimlari nomidan tegishli majburiyatnomani qabul qildilar.

Majburiyatda notarius vazifasini halol va vijdonan bajarish, xalqqa sidqidildan xizmat qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etish, odob-ahloq qoidalarini so‘zsiz bajarish, notarius qasamyodini buzmaslik kabilar aks ettirildi. Ushbu majburiyatnomani har bir notarial idorada fuqarolar uchun ko‘rinarli joylarga osib qo‘yish belgilab olindi.

To‘rtinchidan, notariuslar faoliyatiga yuqori talablarni qo‘yish bilan birga, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ortiqcha va o‘zini oqlamagan majburiyatlardan hamda notariusning vakolat doirasiga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod etish choralari ham ko‘rilishi belgilandi. “Yilning eng yaxshi notariusi” nomli tanlov e’lon qilinib, uni doimiy o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekistonni 2017—2021-yillarda rivojlantirish Harakatlar Strategiyasida nazarda tutilgan notarial idoralar sohasida rejalashtirilayotgan islohotlar ham atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, eng kutilayotgan va notarial sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng qo‘llash orqali nodavlat notarial idoralari tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullashtirish, notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibini belgilash, davlat bojini elektron to‘lov tizimidan foydalangan holda qabul qilish tartibini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют