» » China Railway Tunnel Group “Sharg‘unko‘mir”ni modernizatsiya qilish loyihasida dastlabki ishlarni boshladi

China Railway Tunnel Group “Sharg‘unko‘mir”ni modernizatsiya qilish loyihasida dastlabki ishlarni boshladi


7-sentabr kuni Xitoyning China Railway Tunnel Group va China Coal Technology & Engineering Group Corp. konsorsiumi “Sharg‘unko‘mir” AJning modernizatsiyasi doirasida yirik investitsion loyihasining dastlabki tayyorlov ishlarini boshladi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Tantanali tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, China Railway Tunnel Group, China Coal Technology & Engineering Group Corp. hamda OAV vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sharg‘unko‘mir” AJning modernizatsiyasi” farmonini imzolagan edi. Loyihaning umumiy qiymati 94,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihaning amalga oshirish ishlari 2020-yilning birinchi choragida yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish kerak, o‘tgan yilda China Railway Tunnel Group kompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining qurilishini amalga oshirgan. Loyihaning umumiy qiymati 1,7 milliard AQSh dollarini tashkil etgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют