» » Quddus A’zamning “Munosabat” tok-shousi kelasi haftadan jonli efirga qaytishi kutilmoqda

Quddus A’zamning “Munosabat” tok-shousi kelasi haftadan jonli efirga qaytishi kutilmoqda


O‘zMTRK telekanallaridagi ba’zi tok-shoularning jonli efirdagi namoyishlari kelasi haftadan qayta tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ning O‘zMTRKdagi manbalari ma’lum qildi.

Quddus A’zam muallifligidagi “Munosabat” ko‘rsatuvi kelasi haftadan jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur ko‘rsatuvning jonli efirdagi namoyishlari avgust oyi oxirida — efir jadvali bayram dasturlari bilan to‘lgani munosabati bilan to‘xtatilgan edi.

“O‘zbekiston” telekanalidagi boshqa bir ommabop tok-shou — “Biz uchun muhim” ham yaqin vaqt ichida jonli efirga qaytishi kutilmoqda. Jurnalist Barchinoy Jo‘rayeva muallifligidagi ko‘rsatuv ham avgust oyi oxirida jonli efirdan olingan edi.

Xalqaro press-klub anjumanlarining jonli efirga qaytish-qaytmasligi hozircha noma’lum. XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hozircha press-klub anjumanlarining jonli efirga qaytish borasida gap-so‘z yo‘q.

O‘zMTRK telekanallaridagi ommabop tok-shoularning jonli efirdagi namoyishlarini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi qaror televideniyeda 21-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov rahbarligidagi majlisda qabul qilingan edi.

Mavzuga doir: O‘zMTRKda ko‘rsatuvlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishi davom etmoqda. XPK va “Munosabat” bayramdan so‘ng jonli efirga qaytadi

Shu yig‘ilishda Xayrulla Nuriddinov uch kunlik tanaffusdan so‘ng O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlangan, “O‘zbekiston 24” telekanali rahbari Ozod Hamidxo‘jayev vazifasidan ozod etilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют